Yangilangan FIDE Circuit reytingiga ko’ra, amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana 130,42 ball peshqadamlik qilmoqda.
Ikkinchi o’rinda hindistonlik grossmeyster Arjun Erigaisi bormoqda (124,40 ball). Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 108,49 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Ma’lumot uchun, ushbu reyting natijalariga ko’ra eng yaxshi shaxmatchi keyingi yil Nomzodlar turnirida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
