Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov ham ikkinchi chempionlik sari yurishini boshladi.
Boks olamida “Professor” nomi bilan mashhur boʻlgan hamyurtimiz ilk bosqichda puerto-rikolik 18 yoshli Xuan Lopesga qarshi jang oʻtkazib, yaqqol ustunlik bilan gʻalabaga erishdi.
Endi u 2-avgust kuni chorak final jangini oʻtkazadi.