Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar katta ehtimol bilan faoliyatini Braziliyaning “Santos” klubida davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar hozirda og’zaki kelishuvga erishgan. “Al-Hilol” bilan bitimni yakunlash va hujjatlarni imzolash keyingi haftada yakunlanishi kutilmoqda.
Eslatib o’tamiz, Neymar “Santos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2013-yilgacha ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, braziliyalik forvard joriy mavsum “Al-Hilol” safida jami 2 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning riyodliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozigacha amal qiladi.