Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJ’ni tark etganidan keyin ham klubga muxlislik qilishini aytdi.
“Men hali ham parijlikman. Ammo endi faqat muxlis sifatida”, – deya Mbappening so’zlarini keltiradi RMC Sport.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Fransiya Professional futbol ligasi tartib-intizom qo’mitasi PSJ’ning Mbappe oldidagi 55 million yevrolik qarzdorligi bo’yicha apellyatsiyani rad etgandi.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2018-yildan 2024-yilning yozigacha PSJ sharafini himoya qilgan. U jami 308 ta o’yinda maydonga tushib, 256 ta gol va 108 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.