Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “Liverpul” ikki o’yin natijasiga ko’ra PSJ’ga mag’lub bo’lib, turnirni tark etdi.
Dastlabki bahs 1:0 hisobida mersisaydliklar foydasiga hal bo’lgandi. Javob uchrashuvida esa parijliklar xuddi shu hisobda zafar quchdi.
Penaltilar seriyasida omad PSJ’ga kulib boqdi.
Uchrashuv yakunlangach, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh ko’z yoshlarini tiya olmadi va yig’lab yubordi.
