“Manchester Yunayted” jamoa hujumchisi Markus Reshfordni sotishga qaror qildi. Bu haqda Florian Plottenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar qishki transferlar vaqtida Markus bo’yicha keladigan takliflarni ko’rish chiqishga tayyor va futbolchini kelasi yozgacha sotishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Reshfordning jamoadan ketishi “Manchester Yunayted”ga moliyaviy feyr-pley qoidalariga osonlik bilan moslashish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.