Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman u bilan jang qilishdan qochayotganini aytgan Ian Garriga javob berdi.
“U bunga loyiqmi? Men shuni aytaman: bu jangdan oldin ko’p gaplar bo’lgan, u juda ko’p gapirgan edi: “Hamma mendan qochayapti!”. Men hech kimdan qochmayman. Hech kimdan.
Biz pul ishlash uchun kurashamiz. Jang qilmasak maosh ololmaymiz. UFC’dagi har bir jangchi maosh olishni istasa ringga chiqishi kerak.
“Mendan qo’rqishdi, qochib ketishdi” degan mulohazalar esa… Sen kimsan? Sen kimsanki men sendan qo’rqaman?”, – deydi Usman.
Eslatib o’tamiz, UFC 310 turniri doirasida Ian Garri Shavkat Rahmonovga qarshi oktagonga ko’tarildi va ochkolar hisobiga mag’lub bo’ldi.