“Atletik Bilbao” darvozaboni Xulen Agirrezabala “Real”ga qarshi o’yinda penaltini qanday qaytarganini aytib berdi.
Eslatib o’tamiz, La Liganing 19-turi doirasidagi o’yinda “Atletik” “Real”ni 2:1 hisobida mag’lub etdi.
“Bizning davrimizda bunday holatlar juda yaxshi o’rganilgan. Darvozabonlar murabbiyi bilan parda ortida juda ko’p ish olib borilmoqda.
“Enfild”dagi penaltini ko’rganimda, xuddi shu tomonga sakrayman, deb o’yladim va baxtimga, to’pni qaytarishga muvaffaq bo’ldim.
Bellingem ko’proq darvozabonga qaraydi. Mbappe misolida esa men uning qayerga zarba berishini bilardim”, – deydi Xulen Agirrezabala.