MMA olamining taniqli jurnalistlaridan biri Ariel Xelvani Turki al ash-Sheyx bilan bo’lgan suhbatni e’lon qildi.
Suhbatda tomonlar og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons va PFL’ning amaldagi chempioni Frensis Ngannu o’rtasida jang tashkil qilish haqida mulohaza yuritgan.
“Frensis dekabr oyida Usik va Fyuri o’rtasidagi revansh janggida shu yerga keladi. Keyin barcha ishlarni muhokama qilamiz. Menda uning uchun ikkita variant bor. Biri boksda, ikkinchisi MMA’da.
Men u bilan ikkalasini ham muhokama qilmoqchiman. MMA bo’yicha variant… Siz mening javobimni bilasiz (Jon Jonsga qarshi). Biz faqat eng katta janglarni tashkil qilishdan manfaatdormiz”, – deydi al ash-Sheyx.