O’zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov ikki yildan so’ng “WR Chess Team” tarkibini tark etdi va keyingi Jahon Rapid&Blitz jamoaviy chempionatida ishtirok etmaydi.
“WR Chess Team” jamoasi esa Nodirbekka ikki jahon chempionlik unvonini qo’lga kiritishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko’ra, Abdusattorov o’rnini ikkinchi raqamli shaxmatchimiz Javohir Sindorov egallashi kutilmoqda.
