Kataloniyaning “Barselona” klubi “Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar rahbariyati chap qanot hujum chizig’ini mustahkamlash zarur deb hisoblamoqda.
“Barselona” “Milan” futbolchisi Rafael Leao nomzodini ham o’rganib chiqdi, biroq rahbariyat Kvaratsxeliya bilan shartnoma imzolash maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.
Eslatib o’tamiz, Kvaratsxeliya 2022-yildan buyon “Napoli” safida o’ynab kelmoqda. Uning neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar davom etadi.