Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichidan o’rin olgan bahsda “Roma” o’z maydonida “Atletik”ni qabul qildi va yakunda 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchrashuvning 71-daqiqasida maydonga tushib, 90+4-daqiqada g’alaba golini kiritdi.
O’yindan so’ng Shomurodov o’z fikrlarini bildirib o’tdi:
“Asosiysi biz g’alaba qozondik. Men gol urdim, lekin biz tinchlana olmaymiz, oldinda javob uchrashuvi bor.
Biz xotirjamlikni saqlashimiz va keyingi o’yinlarga tayyorgarlik ko’rishimiz kerak. Yakshanba kuni bizni “Empoli”ga qarshi bahs kutib turibdi.
Biz bir oilamiz, futbolchi jamoa tomonidan ishonchni his qilsa, o’zini yaxshi his qiladi. Bu esa muhim jihat”, – deydi Eldor.