Rimning “Roma” klubi Matias Soule transferini rasman e’lon qildi.
“Yuventus” bilan bir necha hafta davom etgan muzokaralardan so’ng rimliklar 21 yoshli hujumchini o’z safiga qo’shib oldi. Tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekishgan. “Roma” Soule uchun turinliklarga 26 million yevro to’lab beradi.
Shuningdek, poytaxt klubi o’tgan mavsum ijara asosida “Frozinone”da o’ynagan, 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani o’z nomiga yozdirib qo’ygan forvard uchun 4 million yevro bonus ham to’laydi.