Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Inigo Martines jamoaning La Liga doirasidagi “Las-Palmas”ga qarshi navbatdagi o’yinida maydonga tushmasligi mumkin.
33 yoshli futbolchi YChL doirasidagi “Brest”ga qarshi o’yinda (3:0) to’liq harakat qildi.
Toni Xuanmarti xabariga ko’ra, Martines o’yin yakunlanganidan so’ng mushaklarida noqulaylik his qilgan. Shu boisda ispaniyalik futbolchining bo’lajak o’yinda maydonga tushashi so’roq ostida qolmoqda.
Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Las-Palmas” uchrashuvi 30-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da bo’lib o’tadi.