O’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 310 musobaqasida Shavkat Rahmonovning Ian Garriga qarshi janggi haqida gapirdi.
“Albatta, menga bu jang yoqada. Shavkat oldinga boradi, har doimgidek raqibini yo’q qilishga harakat qiladi va Ian Garri yaxshi zarba berishga intiladi va masofa saqlaydi. Bu qog’ozda yaxshi jang, lekin qanday yakunlanishini bilmayman.
Balki bu jang tarixga kirishi mumkindir, lekin biz kutgandek shiddat bo’lmasa, hayron qolmayman”, – deydi Usmon.
Eslatib o’tamiz, aslida Shavkat Rahmonov UFC 310 turnirida Bilol Muhammadga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi, biroq Bilolning olgan jarohati sabab ushbu jang bekor qilindi.