Londonning “Tottenhem” klubi logotipini o’zgartirib, jamoa nomini olib tashladi. Bu haqda “shporlar” matbuot xizmati xabar berdi.

“300 dan ortiq o’yinchilar, xodimlar va tarafdorlar ishtirokida yaratilgan yangi logotip bizga endi namoyish etiladigan platformalar bo’ylab klub brendiga yanada dadil yondashish imkonini beradi. Dunyoga mashhur xo’roz (Tottenhem ramzi) endi har qachongidan mag’rur ko’rinadi.
Biz egri chiziqli “Tottenham Hotspur” matnini olib tashladik. Bu bizga klub ramzi miqyosini oshirishga va u bilan haqiqiy ikona sifatida faxrlanishimizga imkon beradi”, – deyiladi klub bayonotida.
