Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Yevropa klublariga o’tish imkoniyati haqida o’z fikrini bildirib o’tdi.
“Albatta, Yevropada o’ynashni xohlayman. Ammo buning uchun munosib vaqt kelishi kerak.
Shubhasiz, Husanovning transferi biz uchun turtki bo’ldi. Va nafaqat menda, balki boshqalarda ham shunday tuyg’uni uyg’otdi”, – deydi Fayzullayev.
Eslatib o’tamiz, Abbosbek 2023-yilning yozida SSKA safiga kelib qo’shilgandi.