2023/2024-yilgi “Oltin to’p” sohibi Rodri “Real”dan ko’ra “Barselona”ga o’tishni afzal ko’rmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
28 yoshli futbolchi mavsum yakunlanganidan so’ng “Manchester Siti”ni tark etish haqida o’ylamoqda.
Rodrining bu qarorga kelishiga Pep Gvardiolaning jamoadan ketishi mumkinligi, klubga Premyer-liga tomonidan qo’llanilishi mumkin bo’lgan sanksiyalari va faoliyatida yangi chaqiruv olish istagi ta’sir qilmoqda.
Manbaga ko’ra, Rodri La Ligaga qaytishni istamoqda va chempionatning ikki grandi ham futbolchini o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Uning o’zi allaqachon tanlov qilib bo’lgan. Agar Rodri “Manchester Siti”ni tark etsa, “Barselona”ga o’tadi. Ispaniyalik futbolchining fikricha, kataloniyaliklarning o’yin uslubi unga ko’proq mos tushadi.
Ma’lumot uchun, Rodrining “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.