Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin yozgi transferlar oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, joriy transferlar vaqtida Lunin bir nechta klublardan takliflar olgan, biroq ularning hech biri ma’qul kelmagan.
Qayd etilishicha, darvozabon asosiy o’yinchiga aylanishi mumkin bo’lgan TOP klublardan biriga o’tmoqchi. “Real” esa Luninni taxminan 30 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, Andrey Lunin o’tgan mavsum klub safida jami 31 ta o’yinda maydonga tushgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.