Og’ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson videobloger Jeyk Polga qarshi jang oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Eslatib o’tamiz, Mayk Tayson va Jeyk Pol o’rtasidagi sakkiz raundlik jang 16-noyabr kuni Arlingtonda bo’lib o’tadi.
“Men qaytganimdan va bu jangga tayyor bo’lganimdan juda xursandman. Men o’zimni baxtli his qilyapman. Ishonchim komilki, men buni qila olaman, men u bilan kurashga tayyorman.
Hamma o’zi uchun o’zi javob beradi. Bu jangga katta e’tibor qaratilmoqda. Men yutqazmayman! Men yutqazmayman, va nuqta!”, – deydi Tayson.
Ma’lumot uchun, Temir Mayk o’z faoliyati davomida 56 ta jangda ishtirok etgan va ularning 50 tasida g’alaba qozongan (44 KO), 6 tasida mag’lubiyatga uchragan.
Jeyk Pol esa o’z karerasi davomida 11 ta jangda ishtirok etib, 10 tasida g’alaba qozongan (7 KO) va bitta jangda mag’lub bo’lgan.