Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo og’irlik qurboni bo’ldi. Jinoyatchi uning Feniks hududidagi studiyasiga bostirib kirib, chempionlik kamarini tunab ketgan.
Sexudoning prodyuseri Dilan Rushning aytishicha, o’g’ri kamardan tashqari minglab dollarlik kameralar va kompyuterlarni ham o’g’irlab ketgan.
“Voqea ertalab soat 4:45 da sodir bo’ldi. Men men uxlab yotgandim, lekin atrofda nima bo’layotganini bilardim. Men uni Genri deb o’yladim, chunki juda qorong’i edi. Bu yigitining bo’yi baland emasdi. Chunki u Genriga o’xshardi va men jim bo’lib, hech narsa demadim”, – deydi Rush.
Sexudo esa jinoyatchidan qonuniy chora ko’rilmasidan oldin kamarni qaytarib berishni so’radi.
“Men hech qachon moddiy tomondan qiyinchilik ko’rmaganman. Bu kamar ortida meni qancha xotiralarim va his-tuyg’ularim bor”, – deydi Sexudo.