Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Seballos oyog’ining pay mushaklarini shikastlab oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlar natijasi shuni ko’rsatdiki, futbolchining chap oyog’ining tendoniga ta’sir qiluvchi yarim membrana muskulida yirtiq borligi aniqlangan.
Marca nashrining xabariga ko’ra, Seballosning tiklanishi uchun taxminan ikki oy kerak bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, yarim himoyachi San-Sebastyanda bo’lib o’tgan Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki o’yinida “Real Sosedad”ga qarshi bahsda (0:1) jarohat olgandi.