“Almeriya” va Ispaniya olimpiya terma jamoasi o’ng qanot himoyachisi Mark Pubil faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Goal nashrining xabariga ko’ra, kataloniyaliklar Pubilga Jyul Kundening o’rinbosari sifatida qaramoqda. Hozirda hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Avvalroq, Pubil 20 million yevro evaziga “Atalanta”ga ko’chib o’tishi kerak edi. Biroq Olimpiya o’yinlari yakunlanganidan so’ng futbolchi “Atalanta” tarkibida tibbiy ko’rikdan o’tmagandi va muzokaralar to’xtab qolgandi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli himoyachi o’tgan mavsum klub va terma jamoa safida jami 30 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 4 million yevroga baholanmoqda.