“Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Lui Sahaning fikricha, Erik Ten Xag lavozimidan ozod etilish arafasida turibdi.
Niderlandiyalik mutaxassis mankunianliklarning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizligidan so’ng tanqidlarga uchradi.
“Agar “Manchester Yunayted” “Sautgempton”ga mag’lub bo’lsa, Ten Xag iste’foga chiqadi, deb o’ylayman. “Liverpul”ga qarshi o’yinda (0:3) muammo faqat yakuniy natijada emas, balki o’yinda ham edi.
Jamoa yaxshi o’ynamayapti va Erik bosim ostida. O’tgan safar biz vaziyatni yaxshilanganini ko’rmadik. Agar “Sautgempton”ga imkoniyat boy berilsa, vaziyat chidab bo’lmas darajaga keladi”, – deydi Saha.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted”ning “Sautgempton”ga qarshi o’yini 14-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.