Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jerom Roten Millatlar Ligasi doirasidagi Fransiyaning Belgiyaga qarshi o’yinidan so’ng bosh murabbiy Didye Deshamni tanqid qildi.
Eslatib o’tamiz, ushbu o’yinda fransuzlar 2:0 hisobida g’alaba qozondi.
“Menimcha, Desham jamoani to’liq nazorat qila olmayapti. Men kuzatayotgan o’yin meni jiddiy tashvishga solmoqda. Men futbolchilarning to’g’ridan-to’g’ri maydondagi xatti-harakatlarini nazarda tutyapman”, – deydi Roten.
Eslatib o’tamiz, Didye Desham 2012-yilning iyul oyidan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo’l ostida jamoa 2018-yilgi Jahon chempionatida bosh sovrinni qo’lga kiritgan.