Germaniya terma jamoasi va “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Madridda yangi futbol klubi ochmoqchi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, klub futbolchi – Toni Kroos nomi bilan ataladi. Ma’lum qilinishicha, u bolalar uchun mo’ljallangan.
Kroos so’nggi bir necha hafta ichida Madrid futbol federatsiyasi va Encinas de Boadilla sport klubi rasmiylari bilan muzokaralar olib boradi.
Eslatib o’tamiz, Kroosning professional faoliyatidagi so’nggi uchrashuvi Yevro-2024’da bo’lib o’tdi. Turnirning chorak finalida Ispaniya bilan kuch sinashgan Germaniya 1:2 hisobida mag’lub bo’ldi.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi klubdagi faoliyati davomida 754 ta o’yin o’tkazib 73 ta gol va 166 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, Toni 33 ta sovrinni ham qo’lga kiritgan.