Sent-Luis shahrida mukofot jamg’armasi 175 ming dollarni tashkil qiladigan “Grand Chess Tour” turkumiga kiruvchi Rapid&Blitz turniri yakunlandi.
Musobaqada g’oliblik fransiyalik shaxmatchi Alireza Firouzjaga nasib etdi. U umumiy 23 ochko jamg’arib, eng yaqin taqibchisi Uesli Sodan 3 ochko ilgarilab ketdi. Uchinchi o’rinni 19,5 ochko bilan Hikaru Nakamura egalladi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa turnirni 16 ochko bilan yakunlab, 8-o’rindan joy oldi va 9 ming dollar miqdoridagi pul mukofotini qo’lga kiritdi.
