Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoasi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Fernando Polo xabariga ko’ra, gollandiyalik futbolchi maoshini kamaytirishga rozi bo’lgani yo’q.
Qayd etilishicha, “Barselona” de Yongni transferga qo’ymoqchi, biroq futbolchi yiliga 30 million yevro maosh oladi va bu boshqa jamoalarga og’irlik qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, de Yong hozirda jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.