Super yarim o’rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) 3-avgust kuni Terens Kroufordga (40-0, 31 KO) qarshi jang qiladi.
Ushbu jang oldidan Madrimov muxlislarga murojaat qildi va jangga tayyor ekanini ma’lum qildi:
Salom muxlislar. Eng yaxshisini olishingiz uchun siz eng yaxshisi bo’lishingiz kerak. Men 3-avgustdagi jangga tayyorman.
Ma’lumot uchun, Isroil va Terens o’rtasidagi jang AQShning Los-Anjelos shahrida 3-avgust kuni bo’lib o’tadi. Ushbu qarama-qarshilik birinchi vazn toifasidagi WBA kamari uchun kechadi.