Yarim o’rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar Shahram G’iyosovning raqibi ma’lum bo’ldi. Bu haqda Boxrec nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, G’iyosov 12-aprel kuni AQSh’ning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko’tariladi. Unga o’sha kuni meksikalik emas, balki argentinalik Franko Maksimiliano Okampo raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Shahram professional faoliyati davomida 16 ta jang o’tkazib, ularning barchasida g’alaba qozongan. Okampo hisobida esa 17 ta g’alaba va 2 ta mag’lubiyat mavjud.