Madridning “Real” klubi Yevro-2024 g’olibi va “Manchester Siti” futbolchisi Rodrini o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “qaymoqranglilar” 28 yoshli ispaniyalik yarim himoyachini 2025-yilda sotib olish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda.
Eslatib o’tamiz, Rodri Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatining bosh sovrinini qo’lga kiritdi. Shuningdek, futbolchi Yevro-2024ning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun, Rodrining “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.