Angliya Superkubogi doirasida “Man. Siti” va “Man. Yunayted” o’zaro bahs olib bordi. Yakunda “shaharliklar” penaltilar seriyasida g’alaba qozondi (1:1, 7:6).
Uchrashuvning 82-daqiqasida Alexandro Garnacho hisobni ochdi. 89-daqiqada Bernardu Silva muvozanatni tikladi.
Penaltilar seriyasida esa “Man. Siti” omadliroq bo’lib chiqdi va Superkubokni qo’lga kiritdi.
Angliya superkubogi | Final
“Man. Siti” 1:1 “Man Yunayted”
Gollar: Silva 89 – Garnacho 82
Penaltilar seriyasi: 7-6