Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo’yicha an’anaviy Tata Steel Chess-2025 turniri bo’lib o’tdi.
Masters guruhida qatnashayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 13 turda 8 ochko to’plab, 3-o’rindan joy oldi. So’nggi turda o’zbekistonlik grossmeyster Hindiston vakili Pentala Harikrishna bilan durang qayd etdi.
19 yoshli hindistonlik grossmeyster Pragnanandha Rameshbabu musobaqa chempioni bo’ldi. U tay-brekda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuni 2:1 hisobida taslim etdi.

Shuningdek, Challengers guruhida qatnashayotgan yana bir hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev ketma-ket uchta g’alabaga erishganiga qaramay, kuchli uchlikdan joy ola olmadi. Vakilimiz 8 ochko to’plab 4-o’rinni band etdi.
Challengers guruhida Van Nguyen g’olib chiqdi. U 13 partiyada 9,5 ochko jamg’arib, kelgusi yilgi Masters turnirida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.
