Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sacha Tavolieri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 38 yoshli futbolchi “Al-Oruba” klubiga o’tishga rozilik bergan. Ushbu jamoa yangi mavsumdan boshlab Saudiya Pro Ligasida ishtirok etmoqda.
Bungacha Serxio Ramos faoliyatini faqat Yevropada davom ettirmoqchiligini aytgandi. Biroq endi tajribali himoyasi o’zini Yaqin Sharqda ham sinab ko’rmoqchi.
Ma’lumot uchun, “Al-Oruba” Saudiya chempionatining dastlabki ikki turida mag’lubiyatga uchradi.