“Santos” hujumchisi Neymar nima uchun 2013-yilda “Real”dan voz kechib, “Barselona”ga o’tishga qaror qilganini aytdi.
“Real”ning taklifi juda yoqimli edi, ular menga xohlagan narsamni olishimni aytishdi… Lekin yuragim “Barsa”ni xohladi.
“Real”da men uch baravar ko’proq maosh olishim mumkin edi. Florentino doim meni qadrlagan. Ammo Ronaldinyo “Barselona”da o’ynagan, men esa Messi bilan birga o’ynashni xohlardim”, – deydi Neymar.
Eslatib o’tamiz, braziliyalik hujumchi 2013-yildan 2017-yilgacha kataloniyaliklar safida harakat qilgan. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 186 ta o’yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan.