Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Mateus Nunes faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
The Athletic xabariga ko’ra, Madridning “Atletiko” klubi Nunesni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Biroq hali rasmiy taklif yuborilmagan.
Ma’lumot uchun, Nunes o’tgan mavsum Premyer-ligada 17 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.