Braziliya Paulista Ligasining 8-turida “Novorizontino” va “Santos” o’zaro to’qnash keldi.
Uchrashuvda Neymar 12 yildan so’ng “Santos” safida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq o’yin nursiz durang bilan yakunlandi (0:0).
Ma’lumot uchun, “Santos” o’zining navbatdagi o’yinini “Korintians”ga qarshi o’tkazadi.
Eslatib o’tamiz, Neymar qishki transferlar oynasida erkin agent sifatida “Santos”ga kelib qo’shilgandi. Tomonlar mavsum so’nggiga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan.