Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Viktor Roke tez orada jamoani tark etishi mumkin.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchi ijara asosida “Sevilya”ga o’tadi. Andalusiyaliklar Rokeni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Viktor 2024-yilning yanvar oyida “Barselona” safiga kelib qo’shilgan. U kataloniyaliklar safida 16 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qilgan.