Yarim o’rta vazn toifasida UFC jangchisi Shavkat Rahmonov (18-0) amaldagi UFC chempioni Bilol Muhammadga qarshi jang qilmoqchi.
Avvalroq, asli falastinlik bo’lgan Bilol Muhammad navbatdagi jangda Shavkat Rahmonov yoki Kamaru Usman bilan jang qilmoqchi bo’lganligi haqida gapirgandi.
“100% erta g’alabalar bilan 18-0 yoki oxirgi uchta jangda 0-3. O’ylaymanki, navbatdagi chempionlik uchun kim kurash olib borishiga shubha bo’lmasa kerak”, – deb yozdi Rahmonov o’z ijtimoiy tarmoqlarida.
Ma’lumot uchun, hozirda Shavkat Rahmonov hisobida 18 ta g’alaba mavjud. Ularning har biri muddatidan avval yakunlangan.