Parij-2024 Olimpiadasining ikkinchi davrasidayoq Diyora Keldiyorovaga mag’lub bo’lgan yaponiyalik dzyudochi Uta Abe ikki kun avval Vengriyada bo’lib o’tgan Jahon chempionatida g’olib chiqdi.
24 yoshli Uta Diyoradan qabul qilib olgan alamli mag’lubiyatni unuta olmayapti. Jahon chempionatidan so’ng u hamyurtimizga chaqiruv tashladi.
“Olimpiada o’tganiga ham ancha bo’ldi, men bu musobaqa medalini qo’lga kiritishni juda ham xohlagandim. Keldiyorova bu yerda bo’lmaganidan hafsalam pir bo’ldi. Umid qilamanki, u qaytadi, shunda men undan qasos olaman”, – deydi Abe.

Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova katta ehtimol bilan 2027-yilgacha katta sportga qaytmaydi. Chunki hamyurtimiz bu yil ona bo’ladi.