Mukofot jamg’armasi 750 000 dollarni tashkil etuvchi “2025 Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus” turniri start oldi.
Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishgan.
Musobaqa formati davra bosqichida bo’lib, aylana tizimda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan raqid formatida bellashadi va Top-8 ishtirokchilar pley-off bosqichiga yo’l oladi.
Pley-off bosqichida har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo’ladi. Agar 2 match natijasiga ko’ra hisob teng bo’lsa, g’olib tay-brekda aniqlanadi. Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya (90+30).
Ushbu turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov juda yaxshi start oldi. U hozirgacha Vinsent Keymer, Levon Aronyan, Vladimir Fedoseyev va Magnus Karlsen kabi supergrossmeysterlarni taslim etdi.
Turnirning ilk kunidan so’ng Fabiano Karuana 4,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Sindarov hisobida ham xuddi shuncha ochko bor. 2,5 ochkosi bor Nodirbek Abdusattorov esa 4-o’rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, yana 4 kundan so’ng umumiy jadvalda 9-10-o’rinlarni band etgan shaxmatchilar musobaqani tark etadi.