Madridning “Real” klubi 13-aprel, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasining 31-turida “Alaves” mehmoni bo’ladi.
Ushbu uchrashuvni Karlo Anchelotti diskvalifikatsiya qilingani sabab o’tkazib yuboradi. Uning o’rniga o’g’li Davide Anchelotti jamoani bosh murabbiy sifatida maydonga olib chiqadi.
Ma’lumot uchun, “Real” va “Alaves” o’rtasidagi bahs ertaga, 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.