Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi.
Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chorak final startida oʻz guruhida 2-boʻlib marraga yetib keldi. Bu natija orqali u 1-avgust kuniga belgilangan yarim final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yo’l oldi.
