Xokkey boʻyicha “Tashkent Select” jamoasi “Jastar hokei ligasy” kubogida ishtirok etadi.
Musobaqa Qozogʻistonning 3 ta shahrida tashkil etiladi. Taqvimda koʻrsatilishicha, bahslar 4-13-sentabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Bizning xokkeychilarimiz A guruhidan oʻrin olishgan. Ushbu guruhda “Temirtau”, “Baris” “Gornyak” va “Astana” jamoalari ham oʻrin olgan.

Yarim final va final uchrashuvlari 12-13-santabr kunlari Ust-Kamenogorskda boʻlib oʻtadi.