Falastin Olimpiya qo’mitasi Isroilni Parij-2024 o’yinlaridan chetlashtirishga chaqirdi.
L’Équipe nashrining xabariga ko’ra, tegishli maktub 22-iyul kuni Xalqaro olimpiya qo’mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax va FIFA prezidenti Janni Infantinoga yuborilgan.
Falastin MOQ Isroilni G’azo sektorini bombardimon qilishda va Olimpiada sulhini buzganlikda ayblamoqda.
Ma’lumot uchun, Parij olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo’lib o’tadi.