Olimpiya o’yinlari doim kutilmagan va noodatiy voqealarga boy bo’ladi. Bu galgi Parij Olimpiadasi ham boshqalaridan qolishayotgani yo’q.
Stol tennisi bo’yicha Olimpiya o’yinlari turnirining taqdirlash marosimida Janubiy Koreya sportchilari Xitoy va Shimoliy Koreya futbolchilari bilan selfiga tushishdi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu sur’at ijobiy fikrlarga sabab bo’lmoqda. Umid qilamizki, ushbu selfi uchun hech kim hech qanday jazo olmaydi, axir sport tinchlik elchisi.