Taekvondochimiz Ulugʻbek Rashitov yana bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Chorak finalda 2022-yilgi jahon chempioni xitoylik Liang Yushuai bilan jang qilgan hamyurtimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va yarim finalchilar qatoridan joy oldi.
Endi u final yoʻllanmasi uchun ispaniyalik Xaver Peres bilan jang qiladi.