O’rta vazn toifasida sobiq WBA kamari sohibi Isroil Madrimov P4P reytingi yetakchisi Terens Kroufordga qarshi jangdan so’ng o’z fikrlarini bildirdi.
“Men o’zimni yaxshi his qilyapman va Eddi Xirn aytganidek, o’zim bilan faxrlanishim mumkin deb o’ylayman. Krouford haqiqatdan ham kuchli jangchi. U P4P reytingi yetakchisi. U oson raqib emas. Terens o’zining so’nggi 10 ta raqibini, jumladan Spens va boshqalarni nokautga uchratgan.
Bu faoliyatimdagi eng qiyin jang bo’ldi deb aytolmayman. Uning bu kamarni qanday qo’lga kiritgani haqida savollar bor. Oxirgi marta kamar uchun kurashganimda osonlik bilan chempionlikni qo’lga kiritdim. Keyin esa nima uchun chempion bo’lishga loyiqligimni ko’rsatdim.
Men o’zimni yaxshi his qilyapman. O’zimga nisbatan hech qanday shubham yo’q”, – deydi Isroil Madrimov.