Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o’zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovning so’nggi jangidan so’ng uni yangilangan reytinga kiritdi.
Eslatib o’tamiz, Jalolov 5-aprel kuni Qozog’istonning Astana shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qaysi ringga ko’tarilib, hakamlar qarori bilan g’alaba qozongandi.
IBF ushbu natijadan so’ng Bahodirni og’ir vaznlilar reytingida 13-o’ringa joylashtirdi. Qizig’i shundaki, undan bir pog’ona yuqorida amerikalik bokschi Richard Torres joylashgan. U Jalolovning Tokio Olimpiadasi finalidagi raqibi bo’lgan.