To’rtta vazn toifasida amaldagi Jahon chempioni Terens Krouford Isroil Madrimovga qarshi jangda uni nima hayron qoldirganini aytib o’tdi.
“Men uning harakatlaridan hayron qolganim yo’q. Chunki biz uning tajribali va kuchli bokschi ekanligini bilardik. Biroq uning sabr-toqatidan hayratda qoldim. U haqiqatdan ham juda sabrli ekan.
U professionallar o’rtasida atigi 10 ta jang o’tkazgan, ammo havaskorlar o’rtasida 300 dan ortiq ringga chiqqan. U qanday jang qilishni biladi va raqibining xatolaridan juda yaxshi foydalana oladi”, – deydi Terens Krouford.
Eslatib o’tamiz, Madrimov va Krouford o’rtasidagi jang to’liq 12 raund davom etdi va ochkolar hisobiga Terens g’alaba qozondi.